Yarmi soyada yarmi quyoshda o‘tirish

Assalomu alaykum! Ustozlar Youtubeda bir ma’ruza eshitib qoldim. Mazmuni quyidagicha: Yarmingiz quyoshda qolgan, yarmingiz soyada bo‘lgan holingizda dam olmang yoki uxlamang. Ushbu hadis sahihmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday hadis bor. Bu tibbiyotga tegishli. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ أَبُو الْقَاسِمِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِذَا كَانَ أَحَدُكُمْ فِي الْفَيْءِ فَقَلَصَ عَنْهُ فَصَارَ بَعْضُهُ فِي الشَّمْسِ وَبَعْضُهُ فِي الظِّلِّ فَلْيَقُمْ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Abul Qosim sollallohu alayhi vasallam:
«Birortangiz soyada o‘tirgan bo‘lsa, soya qisqarib, uning ba’zisi oftobda, ba’zisi soyada bo‘lib qolsa, o‘rnidan tursin», dedilar».
Ikkisini Abu Dovud rivoyat qilgan.
Sharh: Chunki yarmi oftobda, yarmi soyada o‘tirgan odamning mijozi buziladi. Bunday o‘tirish shaytonning o‘tirishidir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 175 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar