Ayolni ruza vaqtida hayz kurishi?

Assalomu alaykum shayx hazratlari, agar ayolruza tutgan bulsayu ruza vaqtida hayz kurib qolsa. ruzasi sinadimi? Qeyin u ikki oy davomida ruza tutishi kerakmi? Javob uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hayz namoz va ro‘zani man qiladi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Fotima binti Abu Hubaysh Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Men istehoza bo‘laman, pok bo‘lmayman. Namozni qo‘yamanmi?» deb so‘radi. U zot: «Yo‘q! Albatta, u tomir uzilganidandir. Hayz emas. Lekin sen odatda hayz ko‘radigan kunlarning miqdorida namozni qo‘y. So‘ngra g‘usl qilib, namozni o‘qiyver», dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «Qachonki, hayz kelsa, namozni qo‘y. Qachonki, u (kunlar) o‘tib ketsa, o‘zingdan qonni yuvib, namozni o‘qiyver», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Ro‘za qazo qilinadi, namoz qazo qilinmaydi. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «U kishi aytadiki, Oisha roziyallohu anhodan: «Nimaga hayz ko‘rgan ayol ro‘zaning qazosini tutadi-yu, namozning qazosini o‘qimaydi?» deb so‘radim. «Nima, sen Haruriyyamisan?!» dedi. «Men Haruriyya emasman, lekin so‘rayapman», dedim. «O‘sha narsa bizda ham bo‘lar edi. Bas, ro‘zaning qazosini tutishga amr qilinar edik, namozning qazosini o‘qishga amr qilinmas edik», dedi». Beshovlari rivoyat qilishgan.Ro‘za yilda bir marta farz bo‘ladi. Hayz ko‘rgan ayol ma’lum kunlarninggina ro‘zasini qazo qiladi. Shuning uchun ro‘za savobidan mahrum bo‘lmasligi yuzasidan uning qazosini tutadi.Namoz esa har kuni besh marta farz, hayz kunlarida qoldirilgan namoz soni ko‘payib ketadi. Buning ustiga ayol kishi har oyda hayz ko‘radi. Bu har oyda takror mashaqqat degani. Shuning uchun, hayz ko‘rgan ayoldan namozni qazo qilish talab qilinmaydi.Ro‘zador ayol hayz ko‘rib qolsa, ro‘zasi buziladi. Keyin u o‘sha buzilgan kun evaziga bir kun qazo ro‘za tutadi. Oltmish kun emas.

20 Aprel 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 150 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar