Ota-onaning qarshiligi
Assalamu alaykum! Xijob o‘rashni niyat qildim, ammo ota-onam qarshi. Onamga chuntirishga urindim. Oddiy tilda yopiq kiyinsam nimasi yomon dedim, chunki Alloh farz qilgan desam, nima kitob o‘qib aqldan ozdingmi? Shuncha odam 5 maxal namozni o‘qiydi, lekin xijob o‘ramayaptiku deydilar. Afsus islom dinida namoz o‘qisa, ro‘za tutsa bo‘ldi, shuni o‘zi etadi deb o‘ylashadi. Otam esa dindan xabarlari bor oldinlari namoz o‘qirdilar, man namozni boshlaganimda 5 maxal namozdan uyog‘iga o‘tma dedilar. Namoz o‘qiyotgan paytimda chaqirib qolsalar borolmay qolsam jaxllari chiqib ketadi. Hayotda eng onson yo‘li shu, 5 maxal namozni o‘qib bir burda nonga shukur qilib o‘tiraverasan deydilar. Namoz o‘qiganim uchun kelajakda mani kelin qilgan xonadon xam min pushaymon qilar ekan. Ular uchun xijob “reklama” ekan. Onam xijob o‘rasang o‘zimni osaman degan gaplarga ham bordilar. Haqoratlar qildilar, “vahobiy” degan gaplarni ham ayttilar. Duolarimda qalblari yumshashini so‘rayman doim. Hijob o‘rayman deganimga onam hattoki ovqat emay qo‘ydilar. Men baribir o‘rayman dedim. Xonalariga kirib tinmay yig‘layaptilar. Opam bu gaplarni eshtib, ozgina kut to‘ying yaqin, to‘ydan keyin o‘ranasan deb maslahat berdilar. Ota-onani hafa qilib bo‘midi, xop deb tur dedila... Mani nima qilishim to‘g‘ri? Ota-onamga qarshi chiqib o‘ranishim joizmi? Yoki ularni hafa qilmay biroz kutaymi? Chunki ularning fikrini baribir o‘zgartirolmayman, meni eshtishmaydi ham, o‘zlaridan kottalarni gapini ham eshtishmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz baxslashmang, uydan chiqmasangiz avratingizni yopishga hojat qolmaydi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 149 | Ayollarga oid masalalar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz baxslashmang, uydan chiqmasangiz avratingizni yopishga hojat qolmaydi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 149 | Ayollarga oid masalalar