Shayx hazratlariga tabrik

Bugun islom.uz saytida quran.uz ning 10 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman videosini va sizning "Al-Fahr" ordeni bilan taqdirlanganligingizni ko‘rib juda quvondim va sizni bu yutuqlaringiz bilan tabriklagim keldi. Alloh taolo martabangizni bundan ulug‘ qilib, dinimizga qilayotgan bu xizmatlaringizda O‘zi sizga yordamchi bo‘lsin. Hazrat, ayniqsa quran.uz saytining 10 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanni ko‘rib juda ham sevindimki, Alloh taolo bunday xayrli ishlarni bardavom qilmoqligini va undan ko‘plab musulmon birodarlarimiz foydalar olmoqligini duolarimda so‘rab qolaman. Sizdan duolaringizda bizni ham unutmasligingizni so‘rab, muhlisingiz Akmal.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Salomat bo‘ling.

26 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar