Benamozni uyiga qo‘ngan qush qabrga qo‘nsa
Assalomu alaykum! Bir ma’ruzada eshitgan edim, bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrdagi inson azoblanyapti dedilar Shunda saxobalar nega deganlariga, payg‘ambarimiz sallaloxu alayxi vasallam “Bu qabrga benamoz xonadonga qo‘ngan qush kelib qo‘nibdi” degan ekanlar. Shuning uchun qabrdagi odam azoblanyapti deganlar. Benamoz odam qabristonda Qur’on tilovat qilgani borsa, benamoz kelganligi uchun qabrdagi odam azoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa hadis yo‘q. Bu to‘qima va yolg‘on. عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: Bilib turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytmagan narsani u zotdan, deb gapirish shunchalar yomon narsaki, kim shu ishni qilsa, do‘zaxiy bo‘lishi turgan gap.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Oz bo‘lsa ham, o‘zi bilgan ilmni o‘zgalarga etkazish zarurligi.
2. Bani Isroil haqida shariatimiz izn bergan ma’noda gapirish joizligi.
3. Kim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxiy bo‘lishi.
Ushbu hadisi sharifni hayotimizga tatbiq qilishga juda muhtojmiz. Bilgan narsalarimizni oz-ozdan bo‘lsa ham, o‘z birodarlarimizga o‘rgatishimiz zarur. Qanchadan-qancha kishilar kalimai shahodatni o‘rganishga muhtojlar. Ularga bu narsani bilganlar o‘rgatmasa, kim o‘rgatadi?
Qanchadan-qancha kishilar aqalli bir oyatni ham, Qur’ondagi kichik suralarni ham bilmaydilar. Ularga ham bilganlar o‘rgatmay, kim o‘rgatadi?! Tahorat, g‘usl, namoz, janoza va boshqa ko‘plab shar’iy ahkomlarni bilmaydiganlarimiz ko‘p. Bularning hammasini ularga biladiganlar o‘rgatishi lozim. Ba’zi narsalarni bilganlar undan ham ko‘ra ko‘proq narsalarni bilishga intilishlari, o‘zlaridan ko‘proq biladiganlardan o‘rganishlari lozim bo‘ladi va hokazo.
«Bani Isroil» va boshqa ahli kitoblar haqida ham bilganlar bilmaganlarga gapirib, shariatimizning ularga bo‘lgan munosabatlarini tushuntirib berishlari lozim. Chunki bilimsizlik oqibatida ular bilan noto‘g‘ri munosabat va aloqalar vujudga kelmoqda. Kishilarimiz adashib, katta xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qilishining ham oldini olish lozim. Bilib-bilmay, turli gaplarni hadis deb aytish katta gunohdir. Bu o‘sha odamning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun haqiyqiy ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmasdan turib, hadis aytish yaxshi emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
2 May 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 145 | Namoz