Hadislar haqida

Assalomu alaykum! Ma’lumki Alloh taolo Qur’onida "Agar kimda kim bir musulmon kishini qasddan o‘ldirsa joyi abadiy jaxannam bo‘ladi" deb aytgan. Ammo biz yana boshqa bir xadislardan yuragida iymoni bo‘lgan kishi qachondir jaxannamdan qutulib chiqishi xakida xam eshitganmiz. So‘ramoqchi bo‘lgan inson umid bilan tirikku to‘g‘rimi? Alloh barcha iymonlilarni kechirarmikan, masalan o‘zini o‘ldirganlar, etimni xaqqini egan yoki shunga o‘xshash juda og‘ir gunox qilganlar xaqida gapiryapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shirkdan boshqa gunohlarni qilib tavba qilmasdan o‘tib ketsa uning ishi Allohga havola. Xohlasa kechiradi, xohlasa azoblaydi. Shirk qilib tavba qilmasdan o‘tsa o‘sha inson kechirilmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar