Nakleykalar

Assalomu alaykum! Bir dugonam tanaga yopishtiradigan nakleykalar qayorda sotadi deb qoldi. Men unga nima qilasan desam yopishtiraman elkamga erim uchun dedi. Gunox bo‘ladi dedim. Keyin u yo‘q tatiurovka qilib ichiga rang kirgizib chizdirmayman dedi. Baribiram gunox dedim. Endi o‘ylayapman noto‘g‘ri gapirib qo‘ymadimmi gunox deb. Balki yomon bo‘ladi deyishim kerakmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tatuirovka bo‘lmasa ham bunday qilish musulmonning axloqiga to‘g‘ri kelmaydi. Eri uchun qilinadigan axloq doirasidagi ishlar ko‘p. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar