Mening erimda opamning haqqi bormi?
Assalomu alaykum Shayx hazratlari! Bir opamiz sizga shu savolni berishni iltimos qilgan edilar.Savolning matni quydagicha:Assalomu alaykum hazrat, bir masala yuzasidan menga yo‘l ko‘rsatishingizni iltimos qilib sizga murojaat qilyapman. Biz oilada bir o‘g‘il 4 qiz farzandmiz. Otam (2006yil) onam (2008yil) qazo qilganlar. Asosiy hovlida hozir akam yashaydilar. Undan tashqari ota-onam olib bergan 7 sotix erni sotdilar. Ota-onam ikkinchi opamga 10 sotix er olib berganlar, foydalanyaptilar. Dadamga dadalaridan meros qolgan 15 sotix er bor edi. 7 sotix birinchi opamni birinchi o‘g‘liga beramiz deyishganda 1996y opam eri 2 o‘g‘li qazo qilishdi. Uchinchi o‘g‘liga otasidan qolgan eri bor. Ota-onam o‘sha 7 sotix erni sotib ishlatishdi va meni (2000y “Xadichai kubro” madrasasiga o‘qishga kirdim) kontraktimga ham to‘lashdi. Qolgan 8 sotix erni yoshligimdan menga atalgan ekan. Uchinchi opamga taklif qilishganda erga muhtoj bo‘lmaganligi uchun qabul qilishmadi. Va men turmushga chiqqanimdan keyin ota-onam bizga u erni berishdi. Hozir turmush o‘rtog‘im u erni sotdilar. Endi uchinchi opam norozi bo‘lyaptilar. Savolim uchinchi opamni meni erimda haqqi bormi? Agar haqqi bo‘lsa men qanday yo‘l tutay, haqqi bo‘lmasachi? Bir tarafta erim, bir tarafta opam, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. Javobingiz uchun rahmat, Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Er sizniki. Opangizning noroziligi o‘rinsiz. Bu sizning gapingizga binoan xulosa. Aslida ikki taraf ilmli kishilar huzurida o‘z gapini aytib hal qilasizlar.
2 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Er sizniki. Opangizning noroziligi o‘rinsiz. Bu sizning gapingizga binoan xulosa. Aslida ikki taraf ilmli kishilar huzurida o‘z gapini aytib hal qilasizlar.
2 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat