Mavsumiy allergiyada tahorat qanday bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim quyidagicha, meni ikkala qo‘limda ham mavsumiy allergiya bor, bahor va kuzda yiringli yaralar paydo bo‘ladi, shu yaradan chiqqan yiring tahoratni sindiradimi? Agar sindirsa, namoz o‘qib bo‘lguncha nima qilsa bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima qilsangiz yiring chiqmasa, o‘sha holatda tahorat olib namoz o‘qing. Masalan, bir kishi o‘itirib sajda qilib namoz o‘qisa tahorati ketib, tik turib ishora bilan o‘qisa tahorati ketmaydigan bo‘lsa, tik turib namoz o‘qiydi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing.https://fiqh.uz/maqola/586 

26 May 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 154 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar