Ayol kishining mahramsiz umra safariga borishi

Assalomu alaykum! Men hozirda Saudiya Arabistonida ishlayman. InshaAlloh yaqin kunlarda ammam turmush o‘rtog‘i bilan birga umra safariga kelish arafasida. Bu xabarni eshitkanimdan so‘ng onamni ham ular bilan birga kelishlarini rejalashtirib turipman. Ammo ba’zi bir savollar meni qiynayapti. 1-mahramlik masalasi. Agar onam ham keladigon bo‘lsalar mening ularning oldiga borishim masalasi aniq emas. Ish joyimdan ruxsat bermasligi mumkin. Ammam opamni kelin qilganlar ya’ni ular bilan qudalik aloqalarimiz ham bor. 2-bilishimcha uydagilar bankdan foizga pul olishgan(kredit) va uni uzishni davom etishyapti. Shunday holatlarda ham onamni umraga olib kelsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar avval qarzlaringizni uzinglar. Umra moliyaviy va jismoniy jihatdan unga qodir bo‘lganlar uchun sunnati muakkadadir. Qarzdorlarga emas. Vallohu a’lam!

14 Dekabr 2023, 14:06 | Savol-javoblar | 0 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar