Taqdir

Assalomu alaykum! Insonning qilayotgan duolari ham Alloh tomonidan ilhomlantiriladimi?
2). Kelajakda kambag‘al bo‘lib qolish, yaqinlardan ajralib qolish, ishi hech qachon yurishmaydigandek tuyulib xavotirga tushaverish shaytondanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta. Alloh taolo bir bandasiga berishni xohlasa so‘rashni ko‘ngliga solib qo‘yadi. 2). Shaytonning ishi shu Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: الشَّيْطَانُ يَعِدُكُمُ الْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُم بِالْفَحْشَاء وَاللّهُ يَعِدُكُم مَّغْفِرَةً مِّنْهُ وَفَضْلاً وَاللّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ۝ 268. Shayton sizga faqirlikni va’da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O‘zidan mag‘firat va fazlni va’da qiladir. Va Alloh qamrovi kengdir, o‘ta biluvchidir. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar