Moida surasi 5-oyat yuzasidan

Assalomu alaykum! Bugun Shayx hazratlarining "Mo‘minning me’roji"kitobidagi "Islom va boshqa din vakillari" mavzusini o‘qib bir narsaga ko‘zim tushdi: Unda Musulmon shaxs samoviy kitobga ega din ahllarining taomini tanovul qilsa bo‘lishi yozilgan. Isboti o‘laroq Moida surasining 5-oyati keltirilgan ekan. Uztozim savolim shu ediki o‘sha samoviy din ahllarini kim deb tushunishimiz kerak. Ruhoniylarmi yoki oddiy o‘sha dinga sig‘inuvchi barcha xristianlarnimi yoki va h.k. Sababi hozir men musofir yurtdaman ularning mol yoki qo‘y go‘shtlarini emayman, chunki ustida Alloh nomi zikr qilinmagan deb tushunaman. Ushbu oyatning tafsirini qanday tushunishimiz kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri ish qilar ekansiz. Samoviy din vakillar yaxudiy va nasorolar bo‘lib, ularni shariatida ham so‘yayotganda Allohning ismini aytish shart qilingan. Shuning uchun yaxudiylar ham imkon qadar musulmon so‘ygan jonliqni eyishga harakat qilishadi. Kasher deb Allohning ismini aytib so‘yadigan brend ham qilishgan. Musulmon diniga amal qilmay so‘yganini eb bo‘lmaganidek, ahli kitob ham diniga amal qilmasdan so‘yganini eb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 11:11 | Savol-javoblar | 196 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar