Namoz vojibi

Assalomu alaykum! Kifoya kitobining namozning vojiblari bobida aytiladiki: bomdodning 2 rakatida shom va huftonning avvalgi ikki rakatida qiroatni jaxriy qilishi vojib deb. Men shu vaqtgacha qiroatlarimni ko‘p chilikimni maxfiy o‘qib kelganman. Endi nima bo‘ladi? Shuni tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu namozlarda qiroatni jahriy qilish jamoat namoziga tegishli. Yolg‘iz namoz o‘quvchi hamma namozlarini eng kamida o‘zi eshitadigan darajada pichirlab o‘qishi shart. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:44 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar