Go‘sht mahsulotlariga chiqarilgan fatvo

Assalomu alaykum! Alloh ishlaringizni rivojini barokotli qilsin. Mening savolim quyidagicha. Hozirda men Janubiy Koreyada o‘qiyman. Bu erning taomlarini este’mol qila olmaymiz. Chunki ishonchimiz yo‘q. Ammo bu erga Avstraliya davlatidan mol go‘shtlari olib kelib sotishmoqda. Lekin shu go‘sht mahsulotlari ham bebismillah so‘yiladi. Bu erda “Avstraliyadan olib kelinayotgan go‘shtlarini iste’mol qilaveringlar” degan fatvo chiqarishdi. Shu go‘shtdan biz ham taom tayyorlab esak bo‘ladimi? Axir bu go‘sht mahsulotlari so‘yilayotganda “Bismillah, Allohu akbar” deyilmaganku. Javobingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsani asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsani shar’iy yo‘l bilan halol qilinganligi sobit bo‘lmagunicha haromligicha qoladi. Masalan: go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ulardagi oqquvchi qon chiqib ketmaganligi va Allohning ismi zikr qilishlik topilmagani uchun haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilganligi sobit bo‘lgach, halolga hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalar biror yo‘l bilan harom qilinganligi sobit bo‘lmasa, halolligicha qoladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar