Sog‘likni sug‘urtalash

Assalom-u aleykum aziz ustozlar! 1. 8171-savolning javobida mazmunan sog‘liqni sug‘urtalash shar’an xaromligi aytilgan. Lekin bilasiz rivojlangan davlatlarda bu turmush tarzining asosiy bir qismi, ya’ni bu tizimli darajada judayam rivojlangan. Masalan biz Germaniyada faoliyat yuritamiz va sug‘urtalanish majburiy, aks holda ish shartnomasi tuzilmaydi. Sug‘urtaning 50%ini ish beruvchi va 50%ini ishlovchilar to‘laydi, hamma bundan juda mamnun. Aytishim kerakki biz o‘zbeklarning o‘zi bu erda qariyib 25000 atrofida, butun musulmon ahli bir necha million, shunda hammamiz xarom ish qilayotgan bo‘lamizmi? O‘zimning shaxsiy fikrim shuki, bu tizim ayni muddao, boy ham, kambag‘al ham yuqori malakali tibbiy xizmatdan kerak paytda foydalana oladi, boylar yashab qolib, kambag‘allar dori-darmonga puli etmay o‘lib ketavermaydi. Bir ilmi va amali bor arab birodardan bu haqda so‘raganimda aytdiki, bu halol, "oldingi davrlarda (sahobalar davrini nazarda tutdi adashmasam) shunga o‘xshash sistema bo‘lgan, baytulmoldan olib muxtojligi borga ulashilgan" mazmunida javob berdi. Savolimni berishdan maqsad fatvoni muhokama qilish emas aslida, bizni holimiz qanday bo‘lishini bilish asosan. Iltimos shuni aniqlashtirib bering ustozlar. 2. Shayximizning (Alloh u kishini rahmatiga olgan bo‘lsin, joyini Firdavsning bog‘laridan qilsin) asarlarini Germaniyaga etkazmasi yo‘lga qo‘yilishidan umid qilsak bo‘ladimi, menimcha hilol nashr sizning qaramog‘ingiz ostida. Alloh qilayotgan ishingizga va ilmingizga baraka bersin! Sizlardek zotlarni bizga yo‘lboshchi qilganligi uchun O‘ziga hamd-u sanolar, payg‘ambarimiz alayhissalomga durud-u salovatlar bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘zlaringizdagi muftiydan so‘ranglar. Chunki bizni yurtda sog‘likni sug‘urta qilish majburiy emas. Avtoulovlarni sug‘urta qilish majburiy,uning uchun biz ham sug‘urta qildiramiz. Chunki usiz ko‘chaga chiqib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!2). Kitob, disk va nashryotga oid savollar bo‘yicha [email protected] sayti yoki +99871216-29-27ga murojaat qilinglar. Administrator. 

8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar