shirkat shartnomasi

Assalomu alaykum muhtaram shayx hazratlari.Sizga quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Mening onam xorijdan tovar olib kelib savdo qiluvchi bir tanish ayol bilan shirkat shartnomasi tuzmoqchi. Onam ularga ma‘lum miqdorda pul beradi, ular pulni o‘zlarining puliga qo‘shib tijorat qiladilar. Mana shu masalaga doir bir nechta savollar tug‘ildi (men avval sherikchilik to‘g‘risida bo‘lgan barcha savol-javoblarni o‘qib chiqdim). Ustoz ma‘zur tutasiz, aynan bir masalaga taalluqli bo‘lganligi uchun bitta xatda bir necha savolni yozyapman. 1. U ayol bankdan kredit olib tijorat qiladi. Onam o‘zlari qo‘shadigan halol puldan foyda olayotgan hisoblanaveradimi?2. Onam u ayolga shu masalada murojaat qilganda, ular mening siz beradigan puldan tashqari savdodagi pulim ko‘p, shuningdek, mening tovarlarim ba‘zilari tez sotiladi, ba‘zilarini nasiyaga sotaman (onam bunga rozi), ba‘zilari sotilmay qoladi yoki ancha vaqt o‘tganidan keyin sotiladi, shuning uchun menning foydani hisob kitob qilishim mushkul, deb onam bergan puldan bo‘ladigan foydani tahminan hisoblab qancha pul (ulush emas) berishini oldindan aytmoqda. Men onamga bunday qilish mumkin emasligini tushuntirdim. Ustoz shunday holatda foydani qanday hisoblasa bo‘ladi?3. Shirkat shartnomasida ish bajaruvchiga maosh berilar ekan. Maoshni foydadan chiqarib olib so‘ng kelishuvga ko‘ra ulushlar bo‘linadimi?4. Onam berayotgan pulini qachon olishi aniqmas, shuning uchun shartnoma muddatini onam pulni so‘ragunga qadar deb belgilasa bo‘ladimi (u ayol ham bunga rozi)?Javoblaringiz uchun oldin rahmat. Jazokumullohu xoyron!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sheriklardan biri pul qo‘shish bilan birga ish ham bajarsa, o‘sha bajaradigan ishiga odatdagi maosh olishiga kelishiladi.

2 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar