Silai rahmni davom ettirish

Assalomu alaykum! Bobom (ona tomondan) yoshlari bir joyga borib qolgan, lekin namoz o‘qimaydilar, farzandlarining qarshiligiga qaramay eskidan odat bo‘lgan ichkilikni tashlamoqchi ham emaslar. Yana bir yoshlikdan birga o‘sgan sinfdoshim (ham qarindoshmiz) bilan esa yana shu ichkilik muammosi bo‘yicha kelisha olmayman. Sinfdoshim namoz o‘qiydi, lekin unda ham ichkilikka moyillik kuchli: to‘y, bazmlarda ichib oladi. Bunda har ikki qarindoshim bilan ular aroqni tark etmasalar-da, men silai rahmni davom ettiraverishim kerakmi? Axir ularga har qanday amri ma’ruf ta’sir qilmasa?! Silai rahmni uzish esa Allohga xush kelmasa? Umuman, bunda aroqxo‘r qarindoshlarga munosabat qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshilik qilavering. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar