Qon ta’mi kelsa

Assalomu alaykum! Tahorat olganimdan keyin tupursam pushtiroq tupurgi keladi. Ba’zan qon aralash keladi. Tahoratim buziladimi va nafl ro‘zalarim ochilib ketadimi? Xo‘jayinim tahorat buziladi va ro‘zalar ochilib ketadi dedi. Alloh o‘z dargohida qabul qilsin deb namozimni o‘qiyveraman va ro‘zamni ochmayman. Masalan, birarda ikki marta tahorat olsam bo‘ladi. Ko‘proq bomdodda bo‘ladi. Shayx Hazratlaridan og‘izdan no‘xotdek narsa o‘tmasa ro‘za ochilmasligini eshitganman. Shu holat ramazon oyida bo‘lsa ro‘zalarim ochilib ketadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu bilan ro‘za ochilmaydi. Tahoratga kelsak oq narsaga tuflab ko‘ring. Agar tupugingiz sariq bo‘lsa tahorat sinmaydi. Qizilga moyil bo‘lsa tahorat sinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:39 | Savol-javoblar | 161 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar