Janjalda otasini uyiga ketib qolaversa

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlardan bir savolga javob olaman deb anchadan beri xarakat qilaman, men ayolim bilan janjallashib qolsam u menga indamasdan otasinikiga ketib qolgandan, bunday xolat 2 va 3 bor takrorlangan. Shu janjallardi birida men ayolimga yana urushib qolsek bu uydan ruxsatsiz, yana indamasdan chiqib ketsang javobing o‘zin bilan deb yuborganman va shu xolat yana bo‘ldi. Urishib qolganimizda u yana indame ketib qoldi, men aytdim senga xali gapni aytganman o‘zin qara dedim, asli men bu gapni qo‘rqitish uchun shunaka desam qo‘rqib indame ketib qolmasin deb aytganman. Endi turmushimiz yaxshi, ayolim o‘zi Qur’on, namoz o‘qiydi. Shu gapirsam qovoq solib gap qaytaradi, shu oxirgi indame chiqib ketganidan keyin kelib yana yashayapmiz, lekin oradan ancha vaqt o‘tdi. Xar doim shu ishdi masalasi nima ekan deb yuraman, nikoxni qayta o‘qitish kerakmi yo‘qmi? Javob uchun oldindan Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oralaringizga taloq tushgan. Agar uchinchi taloq bo‘lmasa qayta nikohlab oling. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 12:28 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar