To‘y marosimlarni bezash(oformleniya)
Assalomu alaykum! Biz sherikchilikda to‘y va bazmlar bo‘ladigan to‘yxona, restoran va uylarni bezaydigan va asosan kelin kuyov sahnasini bezaydigan ish bilan shug‘ullanayabmiz. Shu ishimiz joizmi? Nimagadir shu ishimdan topgan pulimizda baraka yo‘qdek. Iltimos haqqimga duo qilinglar, Allohim O‘zi iymonimni ziyoda qilib, hidoyatda sobit qadam qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Moida” surasi 2-oyatida marhamat qiladi :
«...Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang...».
Ushbu mo‘’jazgina jumla dunyodagi barcha hamkorliklar uchun asosiy qoida hisoblanadi. Islomdan avvalgi davrda hamkorlik qoidasi urug‘chilik, qabilachilik va boshqa shunga o‘xshash o‘lchovlar asosida bo‘lar edi. O‘ziga yaqin bo‘lgan shaxs, toifa, qabila, davlat yoki xalq nima qilsa, unga hamkor bo‘lish zarur edi. Jumladan, zulm va dushmanlik ishlarida ham.
Islomda esa hamkorlikning bosh sharti yaxshilik va taqvodir. Agar shu shart vujudga kelsa, hamma bilan hamkorlik qilinaveradi. Ammo qaerda gunoh va yomonlik bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, hamkorlik qilinmaydi.
Bu ishlarning hammasi Alloh taologa bog‘liq. Mazkur ishlarni amalga oshirishda, albatta, taqvo shart. Shuning uchun ham
«Allohga taqvo qiling», – deb alohida ta’kidlanmoqda.
Inson Allohdan qo‘rqqanidagina Allohni rozi qiladigan hamkorliklarni amalga oshiradi. Inson Allohga taqvo qilgandagina undan yaxshilik kutish mumkin. Kimki yaxshilik qilsa, o‘zigadir. Yomonlik qilsa ham o‘zigadir. Allohdan qo‘rqmagan, Uning amrida yurmaganlar bilib qo‘ysinlarki:
«Albatta, Alloh iqobi shiddatlidir».("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar