Do‘stimning namozi

Assalomu alaykum! Do‘stim 6 vaqt namoz o‘qiydi, hozirda qazo nomozlarini ham tinmay o‘qiyapti. Lekin bir masala bor, 1xbet degan o‘yinga juda qiziqadi, haromligini ham biladi. Lekin har zamonda bir o‘ynab turadi, pul yutib olishga emas shunchaki ko‘ngil xushlik uchun. Bunday haromlar namozga ta’sir qilmaydimi? Ta’sir qilsa qay darajada putur etadi? Namoz qabul bo‘lishiga to‘sqinlik qiladimi? Namoz o‘qiyotganda ham har zamon shu o‘yin esiga tushib qoladi. Iltimos shu borada maslaxat berangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozi uchun savob oladi, harom ish qilgani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar