Sunnatmi

Assalomu alaykum! Sajdada tovonlarni bir-biriga tekkazish sunnatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘rttala mazhab imomlari ham sajdada ikki tovonni ajralib turishini mustahab deganlar. Zamonamiz ahli ilmlardan ba’zi birlari Oisha onamiz roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisni dalil qilib, sajdada tovonlarni bir-biriga tekkazib turishni sunnat deyishgan. Lekin hadisda kelgan “tovonlarini bir-biriga tekkazgan holda” degan so‘z muhaddislar tarafidan shozz(mashhurga zid) deyilgan. Vallohu a’lam.

2 May 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar