Qalb kasalliklari
Assalomu alaykum! Domla juda og‘ir ahvolga tushib qoldim yani menda qalb kasalliklari bor vahm vasvasa masalan bir maruza eshtsam ichimda uni inkor qilgandek go‘yo ichimda ikkita odam yashaydigandek men yolg‘iz qolganimda Allohga istig‘for aytaman, lekin maruza eshtganimda hayolimga har xil hayollar keladi. Bu hol jonimga tegib ketgandi to‘g‘risi, mana ramazanda ham tugamadi. Ujib bu ham bor, masalan yaxshi maruza eshtsam yig‘layman keyin ujibga ketib qolaman. Keyin ko‘z yoshi to‘xtaydi darhol qalb qotadi. Hozir esa teskarisi mana ramazanda ham vahm to‘xtamayapdi, axir shayton bo‘lmasa qanaqasiga vasvasa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz astoydil o‘tirib, xususan tahajjudda: “Allohim meni bu darddan qutqar, aks holda qiyomatda azobinga qolaman. Yoki meni oxratdagi azobingdan qutqar” deng. Alloh bandasini yoki bu dunyoda yoki oxiratda nochor holga solib qo‘ymaydi. Alloh taolo bandasi dunyoviy narsalarni so‘raganda uch xil ijobat qilishi mumkin. birinchisi so‘raganini o‘zini beradi. Ikkinchisi agar so‘ragan narsasi Allohning ilmida so‘raguvchiga foydali bo‘lmasa o‘rniga so‘raganidan boshqa foydalisini beradi. Uchinisi duosini qiyomatga olib qo‘yadi va so‘raganini birortasini qoldirmasdan evaziga jannatni beradi. Yoki do‘zaxdan qutqaradi. Oxirat to‘g‘risida so‘rasa esa astoydil so‘rasa shak shubhasiz oxiratdagisini beradi. Unda zarracha shubha yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 13:23 | Savol-javoblar | 179 | Ruhiy tarbiya