Bir oiladan bitta qurbonlk qilsa hammasiga o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Biz oilada besh kishi istiqomat qilamiz. Dadam, Onam, ukam, singlim va men. Savolim shundan iboratki: Oilada qurbonlik uchun qo‘y so‘yilsa, qilingan qurbonlik oiladagi barchaga o‘tadimi? Mening istagim oilamizda qilingan qurbonlik hammamizga o‘tishidir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oilada kimni nisobga etadigan moli bo‘lsa, o‘shalarning zimmasiga qurbonlik vojib bo‘ladi. Qurbonlik vojib bo‘lishi uchun zakotga qodir bo‘lish shart emas. Zakot olmaydigan nisob egasi bo‘lsa bo‘ldi. Hozirgi kunda bir xonadonda bir nechta o‘g‘il bo‘lsa, ularning mulkiy holatiga qarab ba’zi o‘rinlarda har biri nisob sohibi hisoblanadi. hatto ayollar ham taqinchoq va o‘lik mollari hisobiga nisob sohiblari hisoblanishadi. Ularning har birining zimmalariga alohida-alohida qurbonlik vojib bo‘ladi. Lekin bitta oilaga bitta qurbonlik deb bir dona qo‘y so‘yishadi. Bu bilan hech birining zimmasidan qurbonlik ado bo‘lmaydi. Bir necha yildan beri shunday ish qilinayotgan bo‘lsa har birlarining zimmalariga o‘shancha yillik qurbonlikning qiymatini sadaqa qilishlari vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:59 | Savol-javoblar | 151 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar