Ko‘p xotinlik
Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lsa ming bor oldindan uzr so‘rayman. Men bir kitobda Payg‘ambarimizning 11 ta ayollari bo‘lgan deb yozilgan joyiga ko‘zim tushib qoldi. Eshitishimcha dinimizda ko‘pi bilan 4 ayolga uylanish mumkin deyilgan. Shu sabab yuqoridagi holatni tushunishga ojizlik qilyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Alloh taolo tarafidan xususiy tarzda 4tadan ko‘p ayolga uylanishlariga ruxsat berilgan. Bundan maqsad butun ummatga onalarimiz orqali Islomni tarqatish bo‘lgan. Chunki onalarimizning har birlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning madrasalarining mudarrisalari bo‘lganlar. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush