Xomiladorlik
Assalomu alaykum! Meni 3 o‘gil va 1 qiz farzandim bor xozirda Yana xomilador bo‘lib qoldim, buni turmush o‘rtog‘imga aytsam juda xursand bo‘lib Allohga xamdu sanolar aytdi. Lekin o‘zimni onam va qaynonamdan qo‘rqayapman, chunki ular boshqa farzand ko‘rishimni xoxlamashmaydi. 4 ta farzand etarli ularni kelajagini uyli joyli qilishni o‘yla ering bularni boqib katta qilgunicha qiynaladi o‘zing uchun xam yasha nima keragi bor bolani deb aytishgan edi. Iltimos menga maslaxat bering bolamdan voz kechgim yo‘q. Turmush o‘rtog‘im xam bolamdan voz kechishimga yo‘l qo‘ymaydi. Xar bir insonni rizqini Alloh beradi deb ta’kidlaydilar. Nima qilishni xam bilmay qoldim. Agar onam va qaynonam xomiladorligimdan xabar topishsa aniq undan voz kechishimni so‘rashdi. Sababi xali bola chaqamiz uchun uy joylarimizni bitkazib olganimiz yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolani oldirish gunohi kabira, bundan Allohni g‘azabiga duchor bo‘linadi. Bunday o‘rinlarda qaynona tugul erga ham itoat qilinmaydi. Ammo oshkora qarshi chiqish johil insonni hamiyatini qo‘zg‘aydi. Shuning uchun sukut qilish eng yaxshi davo. Boshqalarga aytib o‘tirishni hojati yo‘q. Ammo qaynonangiz hurmat qilgan biror ahli ilm bo‘lsa o‘sha odamni o‘rtaga qo‘yib tushuntirishingiz mumkin. Boshqa hech qanday harkat qilmang. Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَقْتُلُواْ أَوْلادَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلاقٍ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُم إنَّ قَتْلَهُمْ كَانَ خِطْءًا كَبِيرًا 31. Faqirlikdan qo‘rqib, bolalaringizni o‘ldirmang. Biz ularni ham, sizlarni ham rizqlantiramiz. Albatta, ularni o‘ldirish katta xatodir. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 168 | Ayollarga oid masalalar