Otani qarg‘ishi o‘tadimi

Assalomu alaykum! Bir dugonam menga dardini aytib qoldi eri bilan ajrashgan eri 3 taloq qilgan ekan yana o‘g‘ri va faxsh ishlarga berilgan odam ekan. Dugonamni otasi eringga qo‘shilasan bo‘lmasa seni qarg‘ayman debdila. 3 taloq degan bo‘lsa xam qayta nikoh o‘qitib yashayverasan debdila. O‘zi otalari 5 maxal namoz o‘qiydigan inson, dugonamga maslaxat beringlar iltimos?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohga chaqirilsa, ayol kishi otasiga aslo itoat qilmasligi kerak. Agar qarg‘asa ham qarg‘ishi zarracha ham o‘tmaydi. Aksincha otaning o‘zi Allohga oq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 14:43 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar