Oshxonalardagi holat
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Qilayotgan hayrli ishlaringizni Alloh mukofotlasin. Mening kasbim oshpazlik, oshxonamizda bir holat tez-tez kuzatilib turadi, bilamizki muqaddas dinimizda isrof (uvol) qilishlik gunoh ishlardan biri hisoblanadi. Ayrim kunlarda tayyorlab qo‘yilgan taomlar xo‘randalar kamligi tufayli sotilmay qolib ketadi (sifati yaxshi saqlangan holda albatta). Ertasi kuni qolib ketgan ovqatlarni xo‘randalarga tavsiya qilib sotishlikni hukmi qanday? Ba’zi paytlarda ovqat yangi deb tavsiya qilinadigan holatlar ham bo‘lib turadi. Biz qilayotgan ishimiz qay darajada gunoh hisoblanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamga zarar etkazmaydigan darajada aynimagan bo‘lsa sotish joiz. Yangi deb aytish yolg‘on. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:23 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom