Javobingni beraman deyish

Assalomu alaykum! Xotinga “unday qilsang, bunday desang javobingni beraman” desa taloq tushadimi? Taloq so‘zi og‘izdan chiqmasa ham taloq tushib qolishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz o‘tgan zamonda aytganmisiz yoki “beraman” deb kelgusi zamonda aytganmisiz shularni aniqlashtirib oling. Chunki “shu ishni qilsang javobingni berdim” deyilganda ayol o‘sha ishni qilsa taloq tushgan bo‘ladi. Agar “shu ishni qilsang javobingni beraman” degan bo‘lsangiz o‘sha ishni qilsa taloq bersangiz tushadi, bermasangiz tushmaydi. Taloq masalasida “Berdim” bilan “Beraman”ni farqi katta. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 14:55 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar