So‘kishga majbur bo‘lib qolinganda
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men yaqinda ibodat qilishni boshlaganligim uchun sizlarni saytingizdan foydalanib juda ko‘p narsalarni bilib, o‘zimni qilayotgan ibodatlarimni yanada mustahkamlash uchun harakat qilmoqdaman. Lekin meni bir narsa o‘ylantirib qo‘ydi. Namozxon, ibodat qilayotgan mo‘min kishilar birovni so‘kishi, haqoratlashi va la’natlashi mukin emasligini bilaman, lekin shunga zarurat bo‘lib qolsa nima qilish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mo‘min kishi so‘kinguvchi bo‘lmaydi. وَقَالَ أَنَسٌ رَضِي اللهُ عَنْهُ: لَمْ يَكُنْ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَاحِشًا وَلَا لَعَّانًا وَلَا سَبَّابًا، كَانَ يَقُولُ عِنْدَ الْمَعْتَبَةِ مَا لَهُ تَرِبَ جَبِينُهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Anas roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fahsh so‘z aytuvchi, la’natlovchi va so‘kuvchi bo‘lmaganlar. U zot itob qilish paytida «U peshonang erga ishqalgurga nima bo‘lgan?» der edilar», dedi». Buxoriy rivoyat qilganlar. Sharh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning birovdan achchiqlari chiqqanda aytadigan gaplari shundan iborat edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olib, har bir mo‘min-musulmon so‘kish, la’natlash va fahsh so‘z aytishdan o‘zini chetga olmog‘i lozim. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَيْسَ الْمُؤْمِنُ بِالطَّعَّانِ وَلَا اللَّعَّانِ وَلَا الْفَاحِشِ وَلَا الْبَذِيءِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min ko‘p ta’na qiluvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘z aytuvchi ham va tili bemaza ham emasdir», dedilar». Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mo‘min kishi yiroqda bo‘lishi lozim bo‘lgan to‘rt xil yomon axloq haqida so‘z yuritmoqdalar: 1. Ko‘p ta’na qiluvchi. Kishilarga turli narsalardan ta’na qilaverish mo‘min bandaga lozim emas. Bu odat kishilar uchun ozor bo‘ladi. Mo‘min kishi hech kimga ozor bermasligi lozim. 2. Ko‘p la’natlovchi. Avval ham o‘rganib o‘tganimizdek, birovlarni va hatto narsalarni ham la’natlash durust emas. Ko‘pchilik holatlarda la’nat la’natlovchining o‘ziga qaytib kelishi turgan gap. 3. Fahsh so‘z aytuvchi. Ba’zi bir odamlarning og‘zidan sal narsaga uyatsiz so‘zlar chiqaveradi. Bunday odamlar bo‘lgan-bo‘lmagan narsaga sharmsiz, hayosiz gaplarni aytaveradilar. Mo‘min banda bunday narsadan mutlaqo uzoqda bo‘lishi lozim. 4. Tili bemaza. Tili bemaza odamni ba’zilar sassiq so‘zli odam ham deb ataydilar. Mo‘min kishi shirin kalomli inson bo‘lishi kerak. Bemaza gaplarni aytish unga munosib emas. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar