Saexat 2
Assalomu aleykum, xurmatli Shayx xazratlari,Avvalgi savolimga javob berganingiz uchun katta raxmat!Bu savolimni berishdan maksad avvalgi savolimga bergan javobingizga oydinlik kiritish.Avvalgi savol:Men shu kunlarda yangi ish boshlash arafasida turibman. Bu soxa xozirda juda tez va shiddat bilan rivojlanmokda. Kupchilik mamlakatlar fakat shuning orkasidan kun kechirmokdalar. Bu soxa - Turizm. Men shu soxada uzimni sinab kurish uchun, kerakli xujjatlarni tegishli muassasalarga topshirib, yakindagina faoliyatni boshlash uchun kerakli ruxsatnomani oldim. Ish boshlash uchun xamma narsa tayer, fakat ikkilanish meni tuxtatib turibdi. Ikkilanishga javob topish maksadida sizga savol berishga axd kildim. Meni ishim bu erlik insonlarni boshka davlatga saexatga junatishdan va boshka davlatlardan sayexlar kabul kilishdan iborat buladi. Shu jaraenda men ular uchun kutib olish, kuzatish, mexmonxonaga joylashtirish va xar xil obidalarni kursatish kabi xizmatlarni kursataman.Chet eldagi kupgina mexmonxonalar asosan dengiz buyida joylashgan, dengiz buyida joylashmaganida xam basseyn buladi. Dengiz buyida va basseynlarda odamlar noshar’iy, yarim yalangoch kurinishda buladilar. Bundan tashkari kupchilik mexmonxonalarda sayexlarni jalb kilish maksadida spirtli ichimliklar, xar xil klublar va restoranlar buladi. Bular pullik eki mexmonxona uchun tulangan pulda bular xam avtomatik tarzda kushilib ketgan bulib, ya’ni bepul bulishi xam mumkin. Xar kim xar xil dam oladi. Kimdir chumilib, kimdir uxlab, kimdir dukon aylanib, kimdir klublarda utirib, kimdir restoranda mast bulib va xokazo. Ularni kanday dam olishlariga men mas’ul emasman. Men dam olish saexatlarini uyushtirib berganim uchun odamlardan xizmat xaki olaman va u erdagi mexmonxonalar xam jami tulangan pul mikdoridan 5-10 foiz menga xak tulashadi. Men shu topiladigan pullar bilan ruzgor tebratishimga, bolalarimni bokishimga, ota onamga karashimga tugri keladi. Menga bu pullarning xalol eki xarom ekanligi judayam muxim. Savol: Bundan keladigan tushum xalolmi eki xarommi? Sizning javobingiz:- Bunda aralash bo‘ladi. Shariatga muvofiq holatdagisi halol, qolgani harom. Endigi savolim:Aralashib ketmasligi uchun kaysi xizmatlardan voz kechishim va shariatga muvofik xolatda bulishi uchun nimalar kilishim kerak? Avvaldan katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatga asoslanib ishlaydigan firma tuzishingiz kerak.
2 May 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatga asoslanib ishlaydigan firma tuzishingiz kerak.
2 May 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom