Qora soch

Assalamu alaykum! Sochni qoraga bo‘yash ham, oq yurishi ham joiz emas ekan. Mening sochim asli jigarrangga o‘xshash, oqlik bilinar darajada. Sochimni qizg‘ish qilib bo‘yolmayman. Qanday ranga va qaysi vositadan foydalanib boyaganim ma’qul. Javoblaringizdan birida "... Mushriklar esa boshlaridan farq ochar edilar. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam peshona sochlarini tushirib yurdilar. So‘ngra, keyinroq farq ochdilar" deyilgan ekan. Sochni tushirib yurish deganda oldingi sochning uzunligi qoshga nisbatan olinganda qancha bo‘lishi joiz? Ko‘zni bekitar darajada tushirib yurish joizmi? Javoblaringiz uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sochingizni qoradan boshqa ranga bo‘yashingiz mumkin. Sahoba va ulardan keyingilar hinnoga bo‘yaganlar. Farq degani o‘rtadan yorma ochib yurishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sochlarini quloqlarining yumshog‘igacha (uni vafra deyiladi) va elkalarigacha (uni jumma deyiladi) uzaytirganlari rivoyatlarda kelgan. Sochlarini peshonalari yoki ko‘zlariga tushirib olganlari zikr qilinmagan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:31 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar