NUN SURASIDA KELGAN VALADI ZINO
NUN SURASIDA VALADI ZINO QAYSI AMIRGA/RAHBARGA /TEGISHLI
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U hech bir amir-rahbarga tegishli emas. Tafsirchilarning aksariyati bu surada zikr qilingan gunohkor – Valid ibn Mug‘iyra degan mushrik, deydilar. Rivoyatlarda zikr qilinishicha, mazkur oyati karimalar nozil bo‘lgandan so‘ng Valid ibn Mug‘iyra onasining huzuriga borib, Muhammadning Xudosi meni o‘nta sifat bilan ayblabdi, shundan to‘qqiztasi o‘zimda borligi aniq, lekin otam kimligini o‘zim bilmayman, sen aytib ber, degan. Shunda onasi, senga rostini aytay, sen otam deb yurgan odamning erkakligi yo‘q edi. Farzandsiz o‘tsam, uning merosidan quruq qolishdan qo‘rqib, sahrodagi cho‘pon bilan zino qilganman, sen o‘sha cho‘pondan bo‘lgansan, degan.
27 May 2022, 03:53 | Savol-javoblar | 157 | Qur’oni karim