Mexrobda keyingi jamoatni imomi namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir imom jamoat bilan namoz o‘qigan mehrobda keyingi kelgan odam imom bo‘lib namoz o‘qish joiz emasmi? Masjid xodimlaridan biri( lavozimini bilmayman, balkim qarovul) "mexrobda imom namozni bir marta o‘qiydi. U erdan boshqa erda o‘qing"- dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkinchi jamoatda birinchi jamoat o‘qigan holat topilmasligi kerak. birinchidan 2-jamoat bo‘lib o‘qiyotganlar azon ham takbir ham aytmasliklari kerak. bizdagilar takbir aytmaslik kerak degan narsani bilmaydilar. Nechta jamoat qoim bo‘lsa hammasi alohida takbir aytishadi. Bu noto‘g‘ri, 2-jamoat bir imom o‘qigan mehrobda bo‘lmasligi kerak. 3). 2-jamoatga odamlarni chaqirmaslik kerak. Sizga aytgan odam shuni iroda qilgan bo‘lsa kerak. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar