Duoingizga muhtojman
Assalomalekum hurmatli ustoz! Bizadaka o‘qimagan,ilmsiz insonla uchun vohtizni ayami bizani savollarimizga javob bervotganiz uchun kottakon rahmat! Alloh sizni o‘z panohida asrasin.Ikki dunyo saodatini bersin,Inshaalloh! 1yarim yil oldin namoz o‘qishni o‘rganib niyat qilib bomdod namozini o‘qiy boshladim,1oy chala o‘qidim,ya‘ni bir kun tursam bir kun uhlab qolaman.uyqi shirin namoz undan shirin digan gapni eshitganman.lekin bilmadim juda uyqim keladi,uhlab qovuraman. keyin oxiri tashab qoydim,o‘qimadim.yaqinda bir sabab boldi...Ko‘chada 4yoshli o‘g‘limni i yonidigi jiyanimni tez haydab kevotgan moshina(ichida 3-4ta mast bolla baqir chaqir qip ketishvotti 120-130da) urib ketishiga sag‘al qoldi,bolamni oyogidan tushib qogan tapochkasini bosib ketishdi,hammasi sekund ichida boldi...Alloh bor,u bolamni saqladi...O‘zini borligini yana bir bor manga bildirib qoydi.bunga yana yana ishondim....Allohga shukur...usha kuni niyat qilib,yana namoz o‘qiy boshladim.3-4 kun o‘qidim.yana turomi qoldim. har kuni budilnikni qoyib uhliman,lekin nimagadir usha turish payti keganda umuman turomiman.astagfurullo... Ilmsizman,ko‘p narsani bilmiman...irodam kuchsiz.Musulmonman db kerilaman,Allohga shukur qilaman,lekin atigi bomdod namozini o‘qishga vohli turomyamman. shu bomdod namozini yaxshi o‘qib ketsam niyat qiganman 5 voht namoz o‘qiyman db. Inshaalloh! Ustoz,iltimos,mani duo qiling.ilmlila qatoriga qo‘shili.Jannatga kirishni orzu qilamanu usha yoldan adashib adashib ketvomman...ILTIMOS MANI VA OILAMNI DUO QILING. MASLAHAT BERING,ILTIMOS SIZDAN... Voxtizni oganim uchun uzr.Baxtimizga sog‘ salomat bolib yuring.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo sizni va oilangizni ibodat baxtiga ravo ko‘rsin. Peshin, Asr, Shom va Xufton namozlarini o‘qing. Ularda uyqu yo‘q. Sekin o‘rganib, Bomdodga ham turadigan bo‘lasiz. Bomdodga turish uchun erta yotishni yo‘lga qo‘ying. Boshqa choralarni ko‘ring. Hammasi yaxshi bo‘ladi, insha Alloh.
5 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 140 | Namoz