raddiyaga raddiya bormi?
Alloh olib borayotgan iwingizda O‘zi madad bersin Amin.Ustoz men bir saytdan do’. farmatida Islomga oid bir necha mavzularni ko‘chirib olgan edim o‘qib chiqsam sizning kitoblaringizdagi ko‘rsatmalarga teskari ekan yani bazi joylarda siz keltirgan xujatlarni dangal inkor qilingan yani bu zaif xadis roviylar ishonchsiz degan, sizning "Mustalahul hadis" kitobingizda bunday hadislar adashmasam Ohod habarlar deb ta‘riflagansiz. Ustoz bir-ikki misol shu kitobdan keltirsam shoyadki maqsadim sizga chunarli bo‘lsa “Qo‘llarini erga tizzalaridan oldin qo‘yardilar”. Ibn Huzayma (1/76/1), Doraqutniy; Hokim va Zahabiy uni sahih deyishgan. Bu hadisni rad etayotganlar xato qiladi. Bu haqda Molik va Ahmad zikr qilishgan. Shuningdek Ibnul-Javziyning “Tahqiq”iga qarang. Maruziy “Masoil”da (1/147/1)) sahih sanad bilan Imom Avzoiydan keltiradi: “Men odamlar (sahobalar)ga etishdim, ular sajdadan oldin qo‘lni qo‘yishardi”.Shunga buyurardilar va aytardilar: “Sizlardan birontangiz sajda qilsa, tuyaga o‘xshab tizzaga cho‘kmasin va qo‘llarini tizzalaridan oldin qo‘ysin”. Abu Dovud to‘liq lafz bilan (1/108) “Favoid”, Nasoiy “Sug‘ro val-kubro” (1/48, buni Molik ibn Abdulaziz Makkada yiqqan narsa) sahih sanad bilan, uning sahihligini Abdulhaqq “Al-Ahkom”da (1/54) da isbotlagan. U kishi “Tahajjud” bobida (1/56) bu hadisning sanadi bunga teskari bo‘lgan Voilning hadisidan yaxshiroqligini ko‘rsatgan. U (Voilning hadisi) sahih manbalarga xilof bo‘lganidan tashqari u nosahih sanad bilan rivoyat qilindi, men buni “Zaifa” (#929) va “Irvo” (357)da tushuntirganman. Bilingki, tizzalarni tushirishdan oldin qo‘llarni qo‘yish tuyaga uxshamoqlik emas, chunki tuya birinchi galda oldi oyoqlarining tizzalariga cho‘kadi. Bu a’zolar arab tilida shunday deyiladi, “Lisonul-arab” va arab tili bo‘yicha boshqa kitoblarga qarang. Bu haqda Tahoviy “Mushkilatul-asar” va “Sharx mania asar”da zikr qilgan. Shuningdek imom Qosim Sarakustiy rahimahulloh “G‘aribul-hadis” (2-1/80/2)da Abu Hurayradan sahih sanad bilan keltiradi, u (Abu Hurayra) aytdi: “Tuya chaylasi bilan tizzaga cho‘kkandek cho‘kmanglar”. Imom (Sarakustiy) aytdi: “Bu sajdada. Tuya chaylasi bilan cho‘kkandek sobitsiz bo‘lib butun badan bilan cho‘kmanglar. Teskarisini qilinglar, tekis tushinglar, oldin qo‘llarni, so‘ng tizzalarni qo‘yinglar. Bu haqda marfu’ hadisda keltiriladi”. Bundan keyin Ibnul-Qoyyimning so‘zlari ajablanarlidir: “Bu so‘zlar tushunarsiz va arab tilida noma’lumdir”. Balki biz ko‘rsatgan manbalar va boshqalar alki buning teskarisini aytmoqda. Buni batafsilroq men shayx Tuveyjiriyga bo‘lgan javobimda tushuntirganman.Shayh Hazratlari shunga o‘xhagan dalil va raddiyalar to‘lib yo‘tibti aytng biz yangi musulmonlar bunday paytda kimga ishonishimiz kerak?Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu bemazhablarning kirdikori. Bu gaplarni mazhab ulamolari hal qilib qo‘yishgan. Bemazhablar uni yangitdan qo‘zib, kishilarni ixtilofga solishdan boshqaga yarashmaydi. Ular Boshqa mazhabdagi gapni hanafiylarga keltirib ularni tashvishga solishadi, xolos. Shuning uchun, har kim o‘z mazhabini ushlashi kerak deyilgan.
2 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu bemazhablarning kirdikori. Bu gaplarni mazhab ulamolari hal qilib qo‘yishgan. Bemazhablar uni yangitdan qo‘zib, kishilarni ixtilofga solishdan boshqaga yarashmaydi. Ular Boshqa mazhabdagi gapni hanafiylarga keltirib ularni tashvishga solishadi, xolos. Shuning uchun, har kim o‘z mazhabini ushlashi kerak deyilgan.
2 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 175 | Namoz