Iymon sustligimi?
Hazrat, sizga bermokchi bo‘lgan savolim uchun eng avval Allohdan afv, so‘ng sizdan uzr so‘rayman. Hazrat musulmonlar bor ekan ularning iymonining mustahkamligi darajasi ham turlicha bo‘ladi. Sizdan so‘rab bilmokchi bo‘lgan narsam shuki, bir musulmon Allohni, dinini sevadi va unga ibodat, itoat qiladi, lekin ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, bu inson ko‘nglida turli eshshittirish va maqolalar ta’sirida diniga va Allohga nisbatan shubha tug‘ilish hollari ham bo‘lib tursa (bu holat uzoq davom etmaydi , "vspыshka" ga uxshab qandaydir soniyalarda bo‘lib o‘tadi. Inson darrov istig‘for aytadi ) buni qanday tushunilinadi? Bunday hollar tez- tez bo‘lib tursa, insonning savob ishlari bekor ketmaydimi? Bu holatlar natijasida inson gunohkorga aylanadimi? Sizga rahmat va ming bora uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hammasi yaxshi bo‘ladi. Shayton bir oz vasvasa qilayotgan bo‘ladi. Mustahkam turilsa, o‘tib ketadi.
4 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 149 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hammasi yaxshi bo‘ladi. Shayton bir oz vasvasa qilayotgan bo‘ladi. Mustahkam turilsa, o‘tib ketadi.
4 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 149 | Islam