Ayollarga oid masalalar

Assalomu alaykum! Meni nikoximdegi ayolim menga nikoxlanganida 3 farzandi bor beva edi. Men namozga davad qilisam jaxli chiqadi yoki ko‘chaga chiqayotganinda ziynatlanma atir upa sepma deb chuntirsam qiyomat kuni Allohga nima dip javob beraman disam xam jaxli chiqadi. Jaxlim chiqqanidan bir kun shu ishlani takrorlavursen sandan rozi bo‘miman digandim. U menga qiyomat kuni sizdanmas birinchi erimdan roziligi so‘raladi dip javob qaytardi. Buni xukmi qanaqa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolingiz xato gap aytibdi. Hadisi sharifda “birinchi eri” deb qaydlanmagan. Siz modomiki uning eri ekansiz, albatta sizni rozi qilgani haqida so‘raladi.عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُؤْذِي امْرَأَةٌ زَوْجَهَا فِي الدُّنْيَا إِلَّا قَالَتْ زَوْجَتُهُ مِنَ الْحُورِ الْعِينِ: لَا تُؤْذِيهِ قَاتَلَكِ اللهُ، فَإِنَّمَا هُوَ عِنْدَكَ دَخِيلٌ يُوشِكُ أَنْ يُفَارِقَكِ إِلَيْنَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَحَسَّنَهُMu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning «huri iyn»dan bo‘lgan xotini «Unga ozor berma! Alloh seni halok qilsin! U sening oldingda qo‘noq bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, biz tomon jo‘naydi», deydilar», deganlar».
Termiziy rivoyat qilgan va hasan, degan.
Sharh: Ushbu hadisai sharif ham ayol kishi o‘z eri bilan doimo yaxshi muomalada bo‘lishi kerakligiga, eri undan ozor ko‘rmaslik haqqiga ega ekanligiga dalildir. Bu haqni yaxshilab tushunib olish va uni poymol qilmaslikka harakat etish zarur.عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَيُّمَا امْرَأَةٍ مَاتَتْ وَزَوْجُهَا عَنْهَا رَاضٍ دَخَلَتِ الْجَنَّةَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُUmmu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir xotin o‘lsa-yu, eri undan rozi bo‘lsa, u jannatga kiradi», dedilar». Termiziy va Hokim rivoyat qilganlar.
Sharh: Demak, eri rozi bo‘lmagan xotin jannatga kira olmaydi. Shu hadisning o‘zidan erning xotinidagi haqqi qanchalik ulug‘ligini bilib olish mumkin. Jannatga kirish niyatida bo‘lgan ayol o‘z erini rozi qilishga doimiy harakatda bo‘lishi kerak. Bu erning xotindagi haqlaridandir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 14:50 | Savol-javoblar | 277 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar