Birodarimizning taqvosi

Assalom aleykum, hazrat! Sizga birodarimning iltimosi bilan savol yo‘llayapman. Masjid oldida halol kafe bor, birodarimiz shu kafe ishchilaridan birining sigaret chekib turganini ko‘ribdi, shundan beri o‘sha kafedan ovqatlanmayotgan ekan. "Nimaga ovqatlanmaysiz" desam, "O‘sha sigaret chekadigan odam oshpaz bo‘lsachi, ovqat pishirayotganida undan tatib ko‘radi. Ovqat shubhali bo‘ladi." - dedi. U kishiga bilmay bir narsa deyishdan qo‘rqib, sizdan so‘rab berishimni va’da berdim. Hazrat, oshpaz sigaret chekib ovqatdan tatib ko‘rsa, ovqat shubhali bo‘ladimi? Assalom aleykum va rahmatullohu va barakatuhu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taxmin bilan bunday hukm chiqarish noto‘g‘ri. Oshpaz bo‘lganida ham uning pishirgan taomi harom bo‘lib qolmaydi.

2 May 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar