Bemorning ro‘zasi
Assalomu alaykum! Mening otam yurak xurijaga(obirnыy infarkt) uchraganligi sabab ro‘za tutolmayaptilar. Ular doimo qonni suyultiradigan dorilar ichadilar. Garchan shifokorlar umuman tutish mumkin emas desada, ular sidqi dildan “hech bo‘lmasa qishda qarzini tutay” deyaptilar. Aytingchi qarzini qish faslida tutib bersalar bo‘ladimi? Yoki tutmaganliklari uchun fidya berishlari shartmi? Ya’ni agar qishda qarz tutib berishni niyat qilib tutib berilsa, fidya berilmasligi mumkinmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qishning qisqa kunlarida tuta olsa, tutishi vojib. Aks holda fidya to‘lashi vojib bo‘ladi. Bunday kishilar “Mabodo o‘sha kunlarga etsam tutaman. Eta olmasam nomimdan fidya beringlar” deb vasiyat qilishlari vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar