Yaxshi insonning yomon o‘limi

Assalomu alaykum! Bir judayam taqvoli, exsonni juda ko‘p qiladigan solih inson Germaniyaga ketayotib yo‘lda avariya bo‘lgan va yonib ketgan. Germaniyaliklar uni suyaklarini ekspertiza qilamiz deb qarindoshlariga berishmadi. Taxmiman ikki oy davomida qabrga qo‘yilmadi. Bu xotima bizga qattiq ta’sir qildi. Bu xolat mayyit uchun yaxshimi yoki yomon. U shahid bo‘lgan darajasidami yoki 2 oy qabrga qo‘yilmaganligi uchun azobdami? Vaqtingiz uchun rahmat ustoz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda yonib vafot topgan odamni shahid bo‘ladi deyilgan. Ajablanarli xotira shuki, biz o‘zimizchasiga odamlarni xotimasiga hukm qilib qo‘yaveramiz. Iymonda bo‘lsa, solih bo‘lsa albata yaxshi gumonga borishimiz shart. Bandalardan qarzi bo‘lmasa umid qilamiz. وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُهُ  Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:28 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar