Farzandni bobosi nomiga o‘tkazish
Assalomu alaykum! Eri bilan ajrashgan ayol qizini o‘z otasining nomiga o‘tkazsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otasi kim deb so‘rasa haqiqiy otasini aytishi kerak. Ayol o‘zini otasiga nisbatini berishi joiz emas. عَنْ أَبِي أُمَامَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي خُطْبَتِهِ عَامَ حَجَّةِ الْوَدَاعِ: إِنَّ اللهَ قَدْ أَعْطَى لِكُلِّ ذِي حَقٍّ حَقَّهُ، فَلَا وَصِيَّةَ لِوَارِثٍ، الْوَلَدُ لِلْفِرَاشِ، وَلِلْعَاهِرِ الْحَجَرُ وَحِسَابُهُمْ عَلَى اللهِ، وَمَنِ ادَّعَى إِلَى غَيْرِ أَبِيهِ أَوِ انْتَمَى إِلَى غَيْرِ مَوَالِيهِ فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ التَّابِعَةُ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، لَا تُنْفِقُ امْرَأَةٌ مِنْ بَيْتِ زَوْجِهَا إِلَّا بِإِذْنِهِ، قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، وَلَا الطَّعَامَ؟ قَالَ: ذَلِكَ أَفْضَلُ أَمْوَالِنَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَاحِبَاهُ Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining vidolashuv hajidagi xutbalarida:
«Albatta, Alloh har bir haq egasiga haqqini berdi. Vorisga vasiyat qilish yo‘q. Bolaga to‘shakka qarab nisbat beriladi. Zinokorga tosh. Hisoblari esa Allohga havola. Kim otasidan boshqaning (nasabini) da’vo qilsa yoki o‘z mavlolaridan boshqaga mansub deb bilsa, unga qiyomatgacha Allohning uzilmas la’nati bo‘lgay. Xotin erining uyidan uning iznisiz nafaqa qilmas», deyayotganlarini eshitdim.
«Ey Allohning Rasuli, taomni hammi?» deyildi.
«U eng afzal molimiz-ku», dedilar u zot».
Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilganlar.
Sharh: Qasddan birovning nasabiga qo‘shilish Islomda qattiq qoralanadi. Bu o‘zidan bo‘lmagan bolani «Meniki» deyish o‘zining otasi bo‘lmagan odamni «Mening otam», begona qabilani «Mening qabilam» deyish bilan barobardir.
Chunki bu hollarda ko‘pgina noshar’iy ishlar sodir bo‘ladi, haq-huquqlar poymol etiladi. Begona odam yolg‘on da’vo bilan mahram holiga kirib olishi, mo‘mina-muslimalar bilan noshar’iy holatlarda bo‘lishi, meros olishi va boshqalarning merosdagi nasibalarini buzib yuborishi mumkin.
Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisda unday odamga Alloh taoloning la’nati uzilmay etib turishini ta’kidlab aytmoqdalar. Qiyomatda esa qilganiga yarasha jazosini oladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
2 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush