Paynetdagi foyiz to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Hurmatli uztozlar, yaqinda kanalidan 3901-savolni javobini o‘qib qoldim. Men xam paynetda ishlayman, bir narsa meni o‘ylantirib qo‘ydi. Agar usluga olinsa yani xizmat xaqqi sudxo‘rlikning bir turi deyilipti. Unda banklarda ochiqdan oydin foyizga pul beradi, yani kridit xamma bankdagilar sudxo‘rlik bilan shug‘ullanyatkan bo‘ladimi? Oshxonalarda xizmat ko‘rsatib afitsantlik qilyotkanlarchi ularxam 20% xizmat xaqqi olishadi. Shunga o‘xshash juda ko‘p sohalar bor barchasi foydasini foyizda qo‘yishadi. Sizlardan iltimos shu xaqida tushuntirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Paynetchi “Paynet” kompaniyasi bilan unga ishlash uchun shartnoma tuzadi. Xizmat haqqini paynet berishi kerak, chunki u odam paynetning xizmatchisi hisoblanadi. “Paynet” haqqini bermasa mijozlardan undirish kerak degan joyi yo‘q. Mabodo paynet berayotgan ish haqi ozlik qilsa hamma paynetchilar ko‘tarishini talab qilishsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar