Nixoyatta qiyin xolatdaman

Assalomu alaykum! Allohga ko‘p shukurlar bo‘lsinki Alloh dilimga solib nomozga o‘tganimga bir yilcha bo‘pqoldi. Lekin xozir juda yomon xolatdaman. Albatta sizlarga bunga o‘xshash savollorni ko‘p yuborishgan, ammo men kandaydir juda yomon xolatdaman. Xayolimga kelayotgan narsalarni xatto tushntirolmayman, xech narsa ko‘nglimga sig‘mayapti, juda og‘ir axvoldaman. Unga o‘xshash xolatlar yomon xayollar avval xam bo‘lgandi lekin u xayollar ustozlarning tushuntirishlari orqali yaxshi xolatga kelgan edim. Lekin xozirda shunday xayollar kelyabdiki bu xayollar to‘xtovsiz kelib, men ancha og‘ir axvolga tushib qoldim. Ustozlarga aytsam xam xech xotirjam bo‘lolmayabman qo‘rqib ketyapman yaqinlarim nima bo‘ldi deb so‘raganida xayolimdagi narsalar rosdan bo‘pqomadimi ekan dep battar qo‘rqib qoldim. Bu aytgan gapimga gunox bo‘lmaydimi? Xayolimdagi narsalarni tushuntrolmayman. Bu narsalar qanday qilib qutilsam bo‘ladi? Umuman yomon xayol kelmasligini iloji bormi? Dindan chiqib qolmadimmikan dep qo‘rqib ketyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muborak bo‘lsin, shayton hazina bor uyga xujum qiladi. Sizdagi iymon shayton hasad qiladigan iymon ekan. Siz Baqara surasi bilan Oyatul Kursiyni ko‘p o‘qing. 100-300 boragacha Oyatul Kursiyni o‘qing. Nima xayolingizga kelsa ham e’tibor qaratmasdan oyatni o‘qiyvering. Aslo qo‘rqmang, Quyidagi duoni ham o‘qib turing. اللهــــم اجعل وساوس قلبــــي خشيتك وذكرك ...واجعل همتــــي و هواي فيما تحب و ترضى  Allohummaj’al vasaavisa qolbii xoshyataka va zikrok vaj’al himmatii va havaaya fii maa tuhibbu va tardoo. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar