Yordam bering iltimos
Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari. Alloh taolo qilayotgan bu xayrli ishlaringizdan rozi bo‘lsin.Xazrat bir savolim bor edi. Xazrat bir inson ixlos bilan qo‘lidan kelganicha ibodatlarni qilib yurgan bo‘lsa, keyinchalik negadir birdan ixlosi yo‘qolib qolib, tez-tez yuragi siqilib qolayotgan bo‘lsa, ko‘ziga dunyo qorong‘u ko‘rinib tushkunlikka tushib qolayotgan bo‘lsa, ba‘zan hech narsaga qiziqmay hamma narsadan hafsalasi sovib ketayotgan bo‘lsa, insonlarga bo‘lgan munosabati ham qo‘pollashib odamlarga bo‘lgan mehr-muhabbat, rahmdillik hissi yo‘qolib, yuragi bora-bora qotib ketayotgan bo‘lsa, bu inson bunday noqulay holatlardan qutilishi uchun va yana judayam ixloslik va judayam rahmdil bo‘lishi uchun nima qilishi kerak? Qanday duo yoki choralarni maslahat bergan bo‘lar edingiz? Iltimos yordam bering hazrat. Xazrat yana bir iltimos shu inson haqiga bir duo qilib qo‘ysangiz shoyad yaxshi tomonga o‘zgarsa. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat. Alloh taolo rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba qilishi va astag‘firullohuni ko‘p aytishi kerak.
2 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba qilishi va astag‘firullohuni ko‘p aytishi kerak.
2 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda