Islom
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ilmingizni ancha yillar oldin men musulmonman der edimu afsuski biron amaliga e’tibor bermas edim. Allohga shukur-ki meni qalbimni iymon nuriga to‘ldirdi. Men savdoda va taksilik qilaman. Afsuski xar kuni deyarli barcha ishlarimga Alloh buyurmagan ishlar aralashib qoladi. Misol Paynetimda savdoda o‘tirsam, terminaldan pul qilib puliga spirtli ichimliklar olishadi va shunga o‘xshash. Taksilik qilganimda telefon qilib chaqirishadi, mijozlarning ba’zida bilaman bazida yo‘q. Olib borib tashlagan vaqtimda biron gunox ish qilgan yoki shariatimizda zid joylarga borishadi. Qisqasi atrofim gunox ishlarga to‘la. Yaxshi insonlar xam bor, afsuski kam. Birovga nasixat qilsang sen oldin bir alkash eding endi odam bo‘ldingmi xam deyishadi. Shunda faqat namozimda “Yo rabbim yo‘ldan adashgan bandalaringa to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat, noinsoflarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat” deb duo qilaman. Ularning gunoxiga sherik bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu sizni imtihoningiz ekan. Undan chiroyli o‘tishga harakat qiling. Ishni pokizasini tanlang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 170 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu sizni imtihoningiz ekan. Undan chiroyli o‘tishga harakat qiling. Ishni pokizasini tanlang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 170 | Islam