Ushrni akamga bersam

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar. 1) Akamni pullari nisobga etmagan, qolaversa ozroq qarzlari ham bor. Lekin 1 tonnacha dehqonchilik asallari bor, hali sotilmagan. Uni qish bo‘yi sotib ro‘zg‘orga ishlatadilar. Man o‘z ushr asalimni akamga bersam bo‘ladimi? 2) Asalni ushrini ajratib uyga saqlab qo‘yganman. Boshida qarindosh urug‘, qo‘ni qo‘shnilarga berdim. Qolganini bahorgacha yana muhtoj odamni topib bermoqchiman. Bu ishim noto‘g‘ri emasmi? 3) bozorda savdo payti ushr olishga muhtoj insonlar kelib qoladi. O‘sha payt man sotish uchun qolgan asalimdan ushr niyatida berib, keyin uydagi ushr asaldan berganim miqdorichasini sotadigan asalimga qo‘shib qo‘ysam bo‘ladimi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘lmaydi.
2). Noto‘g‘ri emas.
3). Bo‘ladi. Undan ko‘ra ushrga deb ajratgan asalingizni ham olib chiqib olsangiz o‘shanday odamlarga berasiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 19:31 | Savol-javoblar | 145 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar