Futbol hisobini aytish

Assalomu alaykum! Men ishxonada ishlaydigan sherigim bilan suxbatlashib turganimdan futbol xaqida gap ketib, ertaga futbol bor Tottenxem-Real Madrid dedi nima deb o‘ylisiz, xisob qanaqa bo‘ladi dedi. Men 2-1 Tottenxem foydasiga bo‘ladi dedim. Keyin birdan yaqinda eshitgan ma’ruza esimga tushib qoldi. Keyin men fol ochib gapirib qo‘ymadimikin deb o‘ylab qoldim. O‘sha zaxoti “taxminimcha shunaqa xisob bo‘lsa kerak” deb qo‘ydim. Shunda gunoxkor bo‘lib qolmadimmi?
2. Ishdaligim sabab  peshin, asr, shom namozlarini o‘qish imkoniyati yo‘q, uyga kelganimda o‘qib olaman. Shunday qilishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu fol bo‘lmasada, bundan saqlaning. 2). Alloh taolo besh vaqt namozni vaqtida o‘qishni farz qilgan, namozni qoldirishga uzr yo‘q. Qazosini o‘qib berishingiz farz. Hozir siz aytgan holat namozga uzr bo‘lmaydi. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javoblarni o‘qing. https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=26951.0 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=20762.0 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=28590.0

29 Aprel 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar