Qur’onni o‘qish qoidalari

Assalomu alaykum! Hozirda qori akalarimiz Qur’oni Karimni oyatma-oyat o‘qishmoqda. Ammo Obidxon Ikromovning “Qur’oni Karim tilovatida vaqf(to‘xtash) va ibtido(boshlash)” kitobida oyatma-oyat o‘qiganda xatolik bo‘ladi deb yozilgan. Bizning imomimiz ham shunday o‘qiydilar. Namozimiz xato bo‘lib qolmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir oyatni o‘rtasida to‘xtab olmasa bo‘ldi. Har oyatni to‘xtab- to‘xtab o‘qish mumkin. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 161 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar