G‘uslda sochni yuvish

Assalomu alaykum! 1. Ayol kishi yaqinlik qilishidan oldin sochini o‘rib olgan bo‘lsa, g‘usl olganda sochini mash qilib olsa bo‘lishini hadislarda o‘qiganman. Buni necha marotaba qilsa bo‘ladi? Ya’ni o‘rilgan sochi bilan necha marotaba g‘usl olsa bo‘ladi?
2. Shu o‘rilgan sochini g‘usldan keyin echsa, sochini o‘rib yaqinlik qilib keyin sochiga masx tortsa va shu sochini 1-2 kundan keyin echsa ya’ni g‘usli bor bo‘lgan holda, shunda sochiga tortgan mash buziladimi? Sochini yana yuvishi kerak bo‘ladimi? Xuddi mahsiga mash tortishdagi kabi bo‘ladimi? Savolim ochiq va biroz tushinarsiz bo‘lganligi uchun uzr so‘rayman. Savolimni to‘g‘ri etkaza oldim degan umiddaman…
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan holatlarning barchasida sochini yoyib hammasini yuvishi farz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 190 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar